Jahon

Isroil 25 foiz britan deputatlarini moliyalashtirishi ma’lum bo’ldi

Isroil 25 foiz britan deputatlarini moliyalashtirishi ma’lum bo’ldi

Britaniya parlamentining 180 nafar a’zosi isroillik lobbichi guruhlar tomonidan moliyalashtiriladi. Bu haqda «Declassified UK» nashri ma’lum qildi.

Nashr tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatda 130 nafar konservativ va 41 nafar leyborist deputatning nomi keltirilgan. Bu siyosatchilar Isroilga 240 dan ortiq pullik sayohatga chiqqan. Oddiygina shu safarlarning qiymati 630 ming dollardan oshadi, deyiladi xabarda.

«Ushbu delegatsiyalarning aksariyati Isroil Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda moliyalashtiriladi — bu Isroil bilan qirollikning qanchalik «osh-qatiqligi»ni anglatadi», – deyiladi tahlilda.

Bundan tashqari, Britaniya parlamentining 40 dan ortiq a’zosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Isroil davlat idoralaridan pul oladi.

Jumladan, Leyboristlar partiyasi yetakchisi Key Starmer 2020-yilda bo‘lajak umumiy saylovlarda ishtirok etuvchi boshqa bir qancha nufuzli muxolifat nomzodlar bilan bir qatorda 64 ming dollar olgani ma’lum boʻldi.

«Falastinliklar genotsidini uyushtirayotgan sionistlarning lobbi guruhidan moʻmaygina pul olib turgan har qanday odamning parlamentga nomzodligiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Siyosatchilarning Isroilga qatnashi va genotsid lobbisi bilan o’zaro aloqasi hukumatimizning nega Isroilning urush jinoyatlarini tan olgan holda tegishli chora koʻrmasligini tushunishimizga yordam beradi», – deydi Huda Ammori, Palestine Action harakati asoschilaridan biri.