Jahon

Bayden yarim million muhojirga fuqarolik bermoqchi

Bayden yarim million muhojirga fuqarolik bermoqchi

AQSh prezidenti Jo Bayden amerikaliklar bilan turmush qurgan muhojirlarga fuqarolik berish jarayonini osonlashtiruvchi yangi qoidalarni e’lon qildi. Unga koʻra, ariza berish jarayoni doirasida mamlakatni tark etish talabi bekor qilinadi. Ushbu yengillik ortidan kamida 500 ming muhojir AQSh fuqaroligini olishi kutilmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, ariza berish jarayoni doirasida mamlakatni tark etish talabi bekor qilinadi.

Yangi qoidalar mamlakatda kamida 10 yil boʻlgan va 2024-yil 17-iyungacha AQSh fuqarosi bilan turmush qurganlarga nisbatan qoʻllaniladi. Oq uyning chamalashicha, bundaylar okean ortida taxminan 500 ming kishini tashkil qiladi.

Shuningdek, AQSh fuqarolari tomonidan asrab olingan 50 mingga yaqin bolalar ham ushbu huquqqa ega boʻladi.

Ma’lumot uchun, doimiy yashash uchun ruxsatnoma – Green Card olgan odam nazariy jihatdan keyinchalik fuqarolikka ariza topshirishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Bayden qochqinlar uchun chegarani yopish toʻgʻrisidagi buyruqni imzolagandi. Bu esa inson huquqlari guruhlarining qonuniy e’tiroziga sabab boʻldi.

 Ma’muriyat oʻzining boshpana haqidagi buyrugʻini himoya qilib, Kongress sa’y-harakatlarini «oʻnlab yillardagi eng qattiq va adolatli islohotlar toʻplami», deb ta’rifladi.

Ayni paytda Baydenning saylovlardagi asosiy raqibi Donalʻd Tramp muhojirlarni “amerikaliklar qonini buzayotgan”lar deb atadi va mamlakatda noqonuniy yashab yurganlarni ommaviy deportatsiya qilishga va’da berdi.