Jahon, Jinoyat

G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushi boshlanganiga 257 kun bo‘ldi

G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushi boshlanganiga 257 kun bo‘ldi

Bosqinchilar Rafahdagi Nusayrat lageri, Dayr al-Balah va qochqinlar joylashgan chodirlarga hujum qilib, o‘nlab odamlarni o‘ldirdi. Urush boshlanganidan buyon 37372 kishi vafot etdi.

▪️ G‘arbiy Sohilda Jenin va Qalqilyada qarshilik jangchilari bosqinchilar bilan jangga kirishdi. 4 falastinlik vafot etdi.

▪️ Nuseyrat yana yonmoqda: Shu soatlarda kuchli havo hujumlari, tutunli bombalar va turar-joy binolariga uchuvchisiz samolyotlar hujumlari uyushtirilmoqda.

▪️ Kamal Advan kasalxonasining akusherlik bo‘limi mudiri Iyad al-Rantisi va uning hamkasbi Adnan al-Barsha hibsga olinganlaridan bir hafta o‘tib ishg‘ol qamoqxonasida o‘ldirilgan. Bosqinchilar qo‘lida 310 shifokor asirga olingan.

▪️ Axios: Oq uy Isroil bilan Eron bo‘yicha yuqori darajadagi uchrashuvni bekor qildi.

▪️Edvard Snouden: Netanyaxuning Baydenni tanqid qilgan videosi Tramp reklamalari haqida gapiradi.

▪️AQSH maxsus elchisi: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish Livan bilan chegaradagi keskinlashuvga chek qo‘yishga olib keladi.

▪️G‘azo hukumati: AQSH gumanitar yordam yetkazilishining oldini olishda ishtirok etmoqda.