O‘tgan hafta AQSH G‘azoda davom etayotgan genotsid fonida Isroil va arab generallari bilan yashirin uchrashgani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda “Axios” nashri o‘zining yuqori martabali manbalariga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda Iordaniya, Misr, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari generallari, shuningdek, AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) qo‘mondoni Maykl Kurilla hamda bosqinchi davlat shtab boshlig‘i Gersi Xalevi ishtirok etgan.
«Isroilga tashqi hujum bo‘lgan taqdirda besh arab davlati Isroil va AQSH bilan razvedka maʼlumotlarini almashishga so‘z berdi. Ular bunday vaziyatda Isroilni ogohlantirish va himoya qilish vazifasini oladi. Iordaniya hamda Saudiyaga berilgan topshiriqlar sirasiga Eron, Iroq va Yamandan sionistlarga qarata otilgan raketa va dronlarni urib tushirish ham kiradi», – degan AQSH rasmiylari nashrga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Livanga bostirib kirish bilan tahdid qilgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!