Jamiyat

O‘zbekistonning 16 shahrida anʼanaviy ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonning 16 shahrida anʼanaviy ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 23-iyun kuni O‘zbekistonning 16 shahrida Xalqaro Olimpiya kuni, Bolalarni himoya qilish kuni va Yoshlar kuniga bag‘ishlangan «BYD Yangi Nafas» anʼanaviy ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni Toshkentda oliy harbiy o‘quv muassasalari bitiruvchilari ishtirokida Vatan Qalqoni harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi ham o‘tkaziladi.

«BYD Yangi nafas» va Vatan qalqoni ommaviy yugurish musobaqalarida maktab o‘quvchilari, talabalar, sayyohlar, tadbirkorlik va davlat tuzilmalari vakillari, harbiy xizmatchilar, jamoat arboblaridan iborat 60 mingga yaqin kishi ishtirok etadi.

Anʼanaviy ommaviy yugurish musobaqasi masofasi 3 km bo‘lib, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi, Buxoro, Qorovulbozor, G‘uzor, Urganch va Nukus shaharlarining markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tadi.

Toshkentda poyga starti «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida beriladi. Barcha ommaviy yugurish musobaqalari bir vaqtning o‘zida ertalab soat 07:00 da boshlanadi.