Jahon

Sirdaryoda Nexia-2 kanalga qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoda Nexia-2 kanalga qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
Sirdaryo viloyati Shirin shahrida Nexia-2 Janubiy Mirzacho‘l kanaliga qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, haydovchi 17-iyun kuni soat 13:00 larda haydovchi avtomashinani ko‘prikdan olib o‘tish chog‘ida boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil chap yo‘nalishdagi ko‘prik to‘sinlarini buzib o‘tib, kanalga qulagan.

Oqibatda haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi cho‘kib ketgan.

Sirdaryo viloyati Favqulodda qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan olib borilgan tezkor qutqaruv ishlari davomida haydovchi va uch nafar yo‘lovchining jasadlari hamda Nexia-2 rusumli avtomashina topilib, suvdan olib chiqilgan.

Hozirda avtomashinada bo‘lgan yana bir yo‘lovchini qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.