Jahon

Britaniya G‘azodagi o’lim sabab Isroilga qurol sotishni keskin kamaytirdi

Britaniya G‘azodagi o’lim sabab Isroilga qurol sotishni keskin kamaytirdi

G‘azodagi o’limdan so‘ng Buyuk Britaniya Isroilga qurol sotishni keskin kamaytirdi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, qurol eksporti bo‘yicha berilgan ruxsatnomalarning soni urushdan oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 95 foizga tushgan.

Shunga qaramay tashqi siyosatda o‘zining ayyorona harakatlari bilan mashhur bo‘lgan qirollik G‘azo sektorida qirg‘inbarot urush boshlanganidan beri sionistlarga 100 dan ortiq qurol eksporti litsenziyasini tasdiqlagan.

Shu sabab joriy yilning aprel oyida 600 dan ortiq huquqshunos hukumatni Falastindagi genotsidning oldini olishga chaqirgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya tomonidan tasdiqlangan litsenziyalarning qiymati 2023-yil 7-oktyabrdan 31-dekabrga qadar 1,09 million dollarni tashkil etgan. Qirollik sionistlarga 2022-yilning shu davrida 20 million dollarlik va 2017-yilda 235 million dollarlik qurol-yarog‘ sotgan.

AQSHdan farqli o‘laroq, Britaniya hukumati qurollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Isroilga tutqazmaydi, balki kompaniyalarga qurol sotish uchun tegishli ruxsatnomalarni beradi. Huquqshunoslar esa ularning xalqaro qonunlarga mos kelishini tekshiradi.

Ayni damda Buyuk Britaniyada  Huquqiy faoliyat global tarmog‘i va Falastinning “Al-Haqq” inson huquqlari tashkiloti tashabbusi ishtirokida yahudiy davlatiga qurol sotish bo‘yicha sud tekshiruvi davom etmoqda.