Jamiyat, Jinoyat

Odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi bilan sud zalidan ozod qilindi

Odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi bilan sud zalidan ozod qilindi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilingan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudida Zomin tumanida yashovchi, 23 yoshli X.U.ga tegishli jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tgan.

U.X. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sababchi bo‘lish) bilan ayblangan.

Qayd etilishicha, sudda U.X. sodir etgan jinoyat ishi ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqani, qilgan ishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani, OTM talabasi ekani hisobga olingan.