Jahon

O‘zbekistonliklar Rossiyaga kirishda qiyinchiliklarga uchramoqda

O‘zbekistonliklar Rossiyaga kirishda qiyinchiliklarga uchramoqda

Maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasiga O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Rossiyaga kirishda yoki Moskva shahridagi Sheremetyevo xalqaro aeroporti orqali tranzit qilishda va uzoq tekshiruvlarda qiyinchiliklar bo‘layotgani haqida xabar berishlari ko‘paygan.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O’zbekiston elchixonasi Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat yubordi. Shu bilan birga, elchixonaning konsullik bo‘limi Sheremetyevo aeroportining chegara nazorati xizmati bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.