Jamiyat

Bekobod IIB binosiadagi mahbusning o’limi bo’yicha munosabat bildirildi

Bekobod IIB binosiadagi mahbusning o’limi bo’yicha munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod hahar IIB da tergov hibsxonasida tan jarohati oqibatida vafot etgan mahbus haqida xabarlar keng tarqaldi. Ushbu holat bo’yicha Bekobod shahar IIB munosabat bildirdi.

Maʼlum qilamizki, Bekobod shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga JKning 104-moddasi 2-qismi “ye,k,l” bandlari bilan ayblanuvchi 33 yoshli fuqaro X.Yu.ga nisbatan tergov harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun yuborilgan.

Joriy yilning 19-iyun kuni Bekobod shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishini ko‘rish jarayonida, ayblanuvchi X.Yu.ning akalari 1981 y.t. D.Yu. va 1978 y.t. D.Yu.lar ukasiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandan norozi bo‘lib, sud zalida janjal ko‘tarishgani oqibatida jamoat tartibi buzilishi yuzaga kelgan.

Mazkur holatda jamoat tartibini tiklash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida sud zaliga hududiy ichki ishlar bo‘limi xodimlari chaqirtirilgan.

Chaqiruvga asosan yetib kelgan uch nafar IIB profilaktika inspektorlari tomonidan janjal bartaraf qilinib, huquqbuzarlik holati yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida voqea ishtirokchilari shahar IIB binosiga olib borilgan.

IIB binosiga kirish yo‘lagida, fuqarolardan biri 1981 y.t. D.Yu. sog‘ligi yomonlashib hushini yo‘qotgan.

Xodimlar fuqaroni xizmat avtomashinasida shahar shifoxonasiga olib borganlar. Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtida D.Yu. vafot etganligi aniqlangan.

Hozirda fuqaroning o‘limi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olinib, surushtiruv ishlari olib borilmoqda. STE xulosasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi xabarda.