Jahon

Erondagi aeroport yaqinida kuchli portlash bo‘lgani aytilmoqda

Erondagi aeroport yaqinida kuchli portlash bo‘lgani aytilmoqda

Eron janubi-sharqidagi Zohidan shahri (Siston va Balujiston viloyati) xalqaro aeroporti yaqinida kuchli portlash ovozi eshitilgan. Bu haqda fors Telegram-kanallari xabar bermoqda.

Hozircha portlashga nima sabab bo‘lgani va qurbonlar bor-yo‘qligi nomaʼlum. Eron rasmiylari ham bu vaziyatga izoh bermagan.

Taʼkidlash joizki, sunniy balujlar istiqomat qiladigan Siston va Balujiston viloyati Erondagi eng yirik norozilik markazi bo‘lib, tez-tez aksilhukumat namoyishlari va xavfsizlik kuchlariga qarshi to‘qnashuvlar bilan ajralib turadi.

Shu bois ham Eron parlamenti mazkur hududni turli nomdagi 4 ta viloyatga bo‘lish taklifini muhokama qilayotgan edi. Shuningdek, 10 million odamni ko‘chirish hamda Siston va Balujiston qirg‘oqlarini boshqa viloyatlarga o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqilyapti.