Jahon

Rossiya Ukrainaga og‘ir bomba tashladi

Rossiya Ukrainaga og‘ir bomba tashladi

Rossiya armiyasi Ukrainaga birinchi marta FAB-3000 o‘ta og‘ir bombasini tashladi. Bu haqda “BILD” nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Rossiya ilk bor qo‘llagan FAB-3000 M-54 UMPK bombasi aviabombani boshqarish bo‘yicha rus modeli bo‘lib, mamlakat uni Ukrainaga tashlab, Xarkov viloyatining Lipsi qishlog‘idagi “Yangi pochta” binosiga zarba bergan. Og‘irligi umumiy 3 tonna bo‘lgan bombaning 1,2 tonnalik jangovar kallak qismi binodan 15 metr uzoqlikda qulagan.

Xabarda keltirilishicha, Z-kanallar ham Rossiyaning yangi aviabombadan foydalanilganini tasdiqlagan. Telegram’dagi Fighterbomber kanali quroldan foydalanish jarayoni aks etgan videoni e’lon qilgan. Hujum vaqtida Ukraina Qurolli kuchlari vaqtinchalik foydalanayotgan 3 qavatli bino nishonga olingani ma’lum qilingan.

“FAB-3000 bombasining uzluksiz shikastlanish radiusi 230 metrni tashkil etadi va parchalar 1240 metr masofada halokat kuchini saqlab qoladi”, deya yozgan Fighterbomber.