Bosqinchilar Rafah, Nuseyrat lageri va G’azo markazida qochqinlar joylashgan chodirlarga hujum qildi. Kun davomida 75 kishi halok bo’ldi. Urush boshlanganidan buyon 37506 kishi halok bo‘ldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Tulkarm, Xalil, Qalqilya va Nablusga hujum qilmoqda. 2 kishi halok bo’ldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafaxda bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda. Qarshilik jangchilari G’azo markazida bir guruh bosqinchilarni yo’q qildi.
▪️Qizil Xoch: G’azodagi ofisimiz atrofida ko’chirilgan odamlar bilan to’lgan hudud bombardimon qilindi.
▪️Xusiylar oʻzlari ishlab chiqargan, 150 kg oʻq-dorilar bilan jihozlangan “Toofan 1” birinchi uchuvchisiz kamikadze qayigʻini taqdim etdilar.
▪️Bosqinchi ommaviy axborot vositalari: Armiya HAMAS ustidan qozonilgan gʻalaba va Hizbulloh bilan urush boshlangani haqida xabar berishga hozirlik koʻrmoqda.
▪️BMT Bosh kotibi: Mintaqa va dunyo xalqlari Livanning yana bir Gʻazo sektoriga aylanishiga yoʻl qoʻymaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!