Jamiyat

Profilaktika inspektori fuqaroni qonunga zid ravishda ruhiy kasalliklar shifoxonisiga yubordi

Profilaktika inspektori fuqaroni qonunga zid ravishda ruhiy kasalliklar shifoxonisiga yubordi

Ruhiy kasalliklar shifoxonasida fuqaroni uning roziligisiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorga “hayfsan” berildi. Fuqaro B.N. tuman IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda qonunga zid ravishda Qo‘qon shahrida joylashgan viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Murojaat Vakil nazoratiga olinib, holat Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Mintaqaviy vakil fuqaro B.N. bilan uchrashganda u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘rikdan o‘tkazish uchun rozilik xatiga imzo qo‘ymasada, uni shifoxonaga joylashtirgani va 3 kun davomida ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lom bo‘lganligi sababli javob berib yuborishgani haqida maʼlum qilgan.

Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida fuqaro B.N.ning so‘zlari tasdiqlandi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi 2-qismida psixiatriya tekshiruvi tekshirilayotgan shaxsning maʼlumotlarni bilgan xolda tekshiruv o‘tkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi talablari buzilganligi maʼlum bo‘ldi.