Mazkur EKSPOda faxriy mehmon sifatida Qirg‘iziston bosh vaziri, Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari, shuningdek, 40 dan ortiq xorijiy hukumatlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, bosh vazir boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi mazkur tadbirda qatnashish uchun Urumchi shahriga tashrif buyurdi.
Bugun, 25-iyun kuni Urumchi shahriga tashrif doirasida bosh vazir Abdulla Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasi Urumchi shahriga tashrifi doirasida Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Unda ayni paytda barcha sohalarda ijobiy o‘sish dinamikasi kuzatilayotgani, muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston qardosh Qirg‘iziston bilan barcha sohalardagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishdan manfaatdorligi bildirildi.