Hodisa

Ertaga, 27-iyun kuni harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

Ertaga, 27-iyun kuni harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +23…+25 daraja, kunduzi +39…+41 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20…+25 daraja, kunduzi +36…+41 daraja, Ustyurtda +28…+33 daraja bo‘ladi.