Jinoyat

Surxondaryoda prokuror pora olayotgan vaqtda tezkor tadbirda ushlandi

Surxondaryoda prokuror pora olayotgan vaqtda tezkor tadbirda ushlandi

Surxondaryoda prokuror pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 29-iyun kuni Surxondaryo viloyat prokuraturasi hamda DXX viloyat hokimligi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Surxondaryo tuman prokuraturasining birinchi prokurori “EPS” MChJga baliq ovlariga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatishda yordam berish evaziga aldov yo‘li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Shuningdek, 29-iyun kuni Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirokida navbatdagi tezkor tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Buyuk Britaniya fuqarosi, “BDK” MChJ kompaniyasi prezidenti A.T., uning tanishi J. Sh. (Sug‘urta markazi direktori) va Toshkent shahar prokuraturasi katta prokurori orqali Jizax viloyat IIB tergov boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ijobiy ekspert xulosasini berishda yordam berish evaziga 105 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan protsessual buyruq asosida qamoqqa olingan.