Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, YTH joriy yil 1-iyul kuni Xatirchi tumani hududida sodir bo‘lgan. Tumanning Yangirabot mahallasi hududidan o‘tgan davlat ahamiyatiga ega 4R-48 avtomobil yo‘lida harakatlanib kelgan BYD mashinasi yo‘lni piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan qizni urib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ikkita avtomobil yo‘l talashgani va birinchisi yo‘lovchilarga yo‘l bermasdan piyodalar yo‘lagidan tezlik bilan o‘tib ketgani aks etgan. Uning ortida harakatlangan ikkinchi mashina esa piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan va oldindagi mashinaning harakatidan yiqilib tushgan qizchani bosib o‘tgan.
Mashina tagida qolib ketgan 9 yoshli qiz olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Haydovchiga nisbatan Xatirchi tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.