Jamiyat, Siyosat

OTMga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida, ijodiy imtihonlar 5–19 iyul kunlari o‘tkaziladi

OTMga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida, ijodiy imtihonlar 5–19 iyul kunlari o‘tkaziladi

Joriy yil oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida, ijodiy imtihonlar 5–19 iyul kunlari o‘tkaziladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlumot berdi.

Bu yil ham abituriyentlar kirish imtihonlarining yakuniy natijalari chiqqandan so‘ng, mutaxassislik fanlariga mos 5 tagacha yo‘nalishni tanlash imkoniyati ega bo‘ladi.

Buning uchun ularga test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun muhlat beriladi. Ushbu muddat davomida abituriyentlar oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va taʼlim shaklini tanlaydi.

Mos va turdosh yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishda o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan (yaʼni noturdosh) taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat taʼlim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Magistraturaga qabul qilish belgilangan qabul kvotalari doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat komissiyasining oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 20-avgustga qadar tasdiqlanishi belgilangan.