Jahon, Jinoyat

Qirg’izistonda davlat to’ntarishga urinish kuzatildi

Qirg’izistonda davlat to’ntarishga urinish kuzatildi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish haqida eʼlon qildi.

Qirg‘iziston MXDQning maʼlum qilishicha, ommaviy tartibsizliklar yo‘li bilan hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarish rejasini tuzayotgan buzg‘unchi guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, bu guruh jinoyatchilik mafkurasini qo‘llab-quvvatlovchi, shuningdek, aqidaparast diniy mafkuraga eʼtiqod qiluvchi shaxslardan tuzilgan.