Hodisa, Jinoyat

Samarqandda yo‘ldan o‘tayotgan bolani Neksiya urib yubordi

Samarqandda yo‘ldan o‘tayotgan bolani Neksiya urib yubordi

Samarqandda yo‘ldan o‘tayotgan bolani Neksiya katta tezlikda kelib urib uchirib yubordi.

2024-yil 3-iyul kuni soat 18:00 larda, Samarqand tumani, “Jo‘yi soy” MFY hududidan o‘tgan Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida, haydovchi  “Nexia-2” rusumli avtomobilini shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelib, yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘ng tomondan chap tomonga yugurib o‘tayotgan, 2017-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborib YTH sodir etgan.

Piyoda zudlik bilan Samarqand shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan piyoda shifoxonada bevaqt hayotdan ko‘z yumgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.