Kir Starmerning ilk qarorlaridan biri avvalgi hukumatning bahsli qonun loyihasidan voz kechish bo‘ldi. Starmer bu haqda matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Aprel oyi oxirida Buyuk Britaniya parlamenti sobiq bosh vazir Rishi Sunak hukumati bosimi ostida London Ruandaga noqonuniy muhojirlarni jo‘natish, buning evaziga mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun millionlab sarmoya ajratishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qilgan edi.
The Telegraph nashrining yozishicha, Buyuk Britaniya Ruandaga 270 million funt sterling o‘tkazib bo‘lgan, lekin Sharqiy Afrika davlatiga hali birorta muhojir yuborilmagan. Qonun loyihasini bekor qilish to‘lovlarni darhol to‘xtatishga olib keladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!