Qayd etilishicha, 2024-yil 1-iyun holatiga Pensiya jamg‘armasi hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mln 8 ming 597 nafarni tashkil qilgan. 2024-yilning 1-may holatiga ular soni 3 mln 998 ming 966 nafar bo‘lgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida 124 184 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Shundan 102 610 nafar fuqaroga yoshga doir, 14 388 nafar fuqaroga nogironlik hamda 7 186 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan.
Pensiya oluvchilar soni hududlar kesimida quyidagicha:
- Farg‘ona viloyati – 473 337 nafar;
- Samarqand viloyati – 426 789 nafar;
- Andijon viloyati – 374 667 nafar;
- Toshkent shahar – 367 483 nafar;
- Toshkent viloyati – 365 544 nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 357 362 nafar;
- Namangan viloyati – 313 241 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 268 066 nafar;
- Buxoro viloyati – 253 604 nafar;
- Xorazm viloyati – 220 681 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 215 679 nafar;
- Jizzax viloyati – 135 250 nafar;
- Navoiy viloyati – 134 829 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 102 065 nafar.