Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1-iyul kuni taxminan soat 20:25 larda Toshkent shahri Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasida oldindan o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar 1988-yilda tug‘ilgan N.T., 1993-yilda tug‘ilgan S.Q., 1987-yilda tug‘ilgan D.Q., 1995-yilda tug‘ilgan H.Q., 1994-yilda tug‘ilgan J.I. va 1997-yilda tug‘ilgan Sh.O.lar qarz masalasida og‘zaki janjallashgan.
Fuqarolar S.Q., D.Q., H.Q.lar jamoat tartibini buzgan holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, N.T.ni urib tan jarohat yetkazgan. So‘ng N.T.ni avtomashinaga solib, uyi oldiga olib borgan.
“N.T.ga shifoxonada birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng u uyiga ketgan”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!