Jamiyat

Voyaga yetmagan shaxsga avtomashinani boshqarish uchun topshirgan fuqaroga qonuniy chora ko‘rildi

Voyaga yetmagan shaxsga avtomashinani boshqarish uchun topshirgan fuqaroga qonuniy chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Captiva” rusumli, davlat raqam belgisi 01 505 ODA bo‘lgan transport vositasini voyaga yetmagan fuqaro tomonidan boshqarilgani aks etgan video tarqalgan edi.

Holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, mazkur harakatlarni Toshkent shahar Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan, 2012-yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. sodir etganligi aniqlandi.

Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun topshirgan fuqaro 1977-yilda tug‘ilgan U.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi 2-qismiga (Transport vositalarining boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, shuningdek boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarni boshqarishning topshirilishi) muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.