Jamiyat, Jinoyat

Sergelida dahshatli YTH sodir bo’ldi. Qurbonlar bor

Sergelida dahshatli YTH sodir bo’ldi. Qurbonlar bor

Kecha, 9-iyul kuni Toshkentda 3 ta avtomashina ishtirokida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 19:40 larda Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida 3 ta avtomashina 2 ta Spark va 1 ta Honda rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Spark rusumli mashinasi to‘g‘ri  yo‘lda “tinchgina” kelayotgan Honda’ga uchib borib urilganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, Honda’ni ortidan kelayotgan yana bir Spark to‘qnashuv oqibatida mashinalarga kelib urilgan.

“Hozirda YTH oqibatida 3 nafar fuqarolarga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.