Jahon

Ar-Riyod Rossiya aktivlari musodara qilinishiga qarshi chiqdi

Ar-Riyod Rossiya aktivlari musodara qilinishiga qarshi chiqdi

Saudiya Arabistoni G7 davlatlari muzlatilgan Rossiya aktivlarining qariyb 300 milliard dollarini musodara qilsa, o‘zining Yevropadagi obligatsiyalarining bir qismini sotishi mumkinligiga ishora qildi, deb xabar beradi Bloomberg.

Agentlik manbalarining qayd etishicha, “Katta yettilik” davlatlari dastlab Belgiya va AQSHdagi depozitariylarda saqlanayotgan Rossiya aktivlarini to‘liq musodara qilishni rejalashtirgan. Biroq Saudiya Arabistoni kutilmaganda Rossiyani himoya qilib chiqqan.

Unga ko‘ra, Qirollik Moliya vazirligi Ukrainaga yordam berishga qaratilgan musodaradan noroziligini bildirgan. Bundan tashqari, Ar-Riyod, agar Yevropa Ittifoqi musodara qilishga rozi bo‘lsa, Yevropa obligatsiyalarini sotish bilan tahdid qildi.

Saudiya Arabistoni yevro va fransuz obligatsiyalariga katta miqdorda sarmoya kiritgan. Qarz majburiyatlarini rad etish qisqa muddatda yevro kursini qulashiga sabab bo‘lishi mumkin.

Biroq Bloomberg maqolasida qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni sarmoyasining o‘zi Yevropa siyosatini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin, ammo boshqa davlatlar ham Ar-Riyodga ergashsa, vaziyat o‘zgarishi aniq.

Bloomberg, shuningdek, Ar-Riyodda qimmatli qog‘ozlar bozorini butunlay beqarorlashtirish uchun hali ham yetarlicha Yevropa obligatsiyalari yo‘qligini taʼkidlaydi. Biroq Yevropa rasmiylari Xitoy yoki Qatar kabi boshqa davlatlar Ar-Riyod misolidan ilhom olib, o‘z aktivlaridan voz kechishni boshlasa, domino effekti yuzaga kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Bunday ssenariy Rossiyaga qarshi sanksiyalar natijasida murakkablashgan Yevropaning iqtisodiy muammolarini yana-da kuchaytirishi mumkin.