Jamiyat

Turkiyadagi deport markazidan 34 nafar o‘zbekistonlik ayol ozod etildi

Turkiyadagi deport markazidan 34 nafar o‘zbekistonlik ayol ozod etildi

Turkiya Ichki ishlar vazirligiga qarashli Silivri deport markazidan 34 nafar ayol ozod etilib, O‘zbekistonga qaytarildi.

Joriy yilning 21−25-aprel kunlari Turkiyada Senat, Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh ishtirokida  sayyor qabullar tashkil etilgan edi.

Undan mehnat muhojiri bo‘lgan xotin-qizlarni himoya qilish, jinoyatchilik sodir etish holatlari va odam savdosi qurboni bo‘lishlarining oldini olish hamda majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini tugatish maqsad qilingan. Xususan, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Istanbul va Bursa shaharlarida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida 255 nafar ayolning muammolari o‘rganildi. Jumladan, deport markazidan 34 nafar ayol ozod etilib, vatanga qaytarildi.

Shuningdek, 4 nafar ayolga qonuniy yashash huquqini beruvchi hujjatlar shakllantirildi va 100 nafardan ortiq ayolga huquqiy yordam ko‘rsatildi. Yana 3 nafar ayol ozodlikka chiqarilgan hamda 2 nafar og‘ir ahvoldagi bemorni O‘zbekistonga yetkazib kelishga erishildi.