Eronning yangi prezidenti Masud Pezeshkian davlat rahbari etib saylanganidan keyin chop etgan maqolasida Rossiyani mamlakatining qimmatli strategik ittifoqdoshi deb atadi.
Shuningdek, u Rossiya-Ukraina mojarosida tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ham maʼlum qilgan.
Bundan tashqari, AQSHning Eron yadro dasturi doirasida joriy etgan sanksiyalariga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Qo‘shma Shtatlar haqiqatga duch kelishi va Eron bosimga javob bermayotgani hamda javob bermasligini, Eronning mudofaa doktrinasi yadroviy qurolni o‘z ichiga olmasligini bir martada butunlay tushunishi kerak», – dedi Pezeshkian «Yangi dunyoga mening xabarim» deb nomlangan bayonotida.
69 yoshli Pezeshkian pragmatik tashqi siyosat olib borishga, yirik davlatlar bilan 2015-yilgi yadroviy kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha to‘xtab qolgan muzokaralar yuzasidan keskinlikni yumshatishga hamda ijtimoiy liberallashtirish va siyosiy plyuralizm istiqbollarini yaxshilashga vaʼda berdi.
“Xitoy va Rossiya qiyin paytlarda bizni doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan. Biz bu do‘stlikni chuqur qadrlaymiz. Rossiya Eronning qadrli strategik ittifoqchisi va qo‘shnisi hamda maʼmuriyatim hamkorligimizni kengaytirish va faollashtirish tarafdori bo‘lib qoladi”, – dedi Pezeshkyan.
U Tehron Ukrainadagi mojaroga barham berishga qaratilgan tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.
“Eron xalqi o‘z huquqlarimiz, qadr-qimmatimiz hamda mintaqa va jahondagi munosib rolimizni taʼkidlab, xalqaro maydonda konstruktiv hamkorlikni faol davom ettirish uchun menga qatʼiy mandat topshirdi”.
«Men ushbu tarixiy saʼy-harakatlarga qo‘shilishga tayyor bo‘lgan barchani ochiq taklif qilaman», – deya qo‘shimcha qildi Pezeshkian.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!