Marokashdagi Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi va sobiq bosh vazir Abdulilah Benkiran, Isroil ko’proq odamni o’ldirish va falastinliklarni ko’chib ketishga majbur qilish uchun G’azoda o’t ochishni to’xtatish muzokaralarini sekinlashtirayotganini bildirdi.
Poytaxt Rabatdagi partiya yig’ilishida so’zga chiqqan Benkiran, Isroil ikki maqsadga erishish uchun o’t ochishni to’xtatish muzokaralarini sekin olib borayotganini bildirdi.
Isroil armiyasi G‘azodagi ikkita uyni bombardimon qildi: 10 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi yaralandi.
Isroil 281 kundan beri hujumlarini davom ettirayotgan G’azoda qurbonlar soni 38 ming 443 nafarga yetdi.
Isroilning Falastinliklar boshpana topgan Al-Mavasi hududiga uyushtirgan hujumida halok bo’lganlar soni 90 nafarga yetdi.
Isroil G’azodagi suv tarmoqlari va quduqlarni nishonga olib, falastinliklarni tashnalikka duchor qildi.
Benkiran, bu maqsadlardan biri AQSh va G’arbning ko’magida ko’proq falastinlikni o’ldirish, ikkinchisi esa G’arbiy Sohildagilar bilan birga barcha falastinliklarni ko’chirib, Iordaniyaga deportatsiya qilish ekanligini ta’kidladi.
Benkiran, Falastinliklarning aql bovar qilmaydigan qarshiliklariga to’xtalib, «Tarixda birinchi marta odamlar o’lim va ko’chish o’rtasida tanlov qilishlari kerak va ular o’limni tanlaydilar» dedi.
Isroilning yirtqichlardan ham battar bo’lganini tilga olgan Benkiran, inson huquqlarini himoya qilgan AQShda insoniyat qolmaganini aytdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!