Qayd etilishicha, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx — Korzinkada”, “…Eng unumlisiga keling!” degan reklamasida foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan so‘z jumlalaridan foydalanilgani kuzatilgan.
Mazkur reklama axborotida qayd etilgan maʼlumotlarni o‘rganish natijasida, aksiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak bo‘ladigan maʼlum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat bo‘lgan katalog joriy qilingani maʼlum bo‘lgan.
Xususan, “eng arzon narx” deb eʼlon qilingan mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatilgan.
Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deyilishi mumkin, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Yuqoridagilarga ko‘ra, “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni 16-moddasi birinchi qismi va “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 6-moddasi birinchi qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Anglesy Food MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.