Jamiyat

Qibray tumanidagi fuqaroning 51 mln so‘mlik jarimasi bekor qilindi

Qibray tumanidagi fuqaroning 51 mln so‘mlik jarimasi bekor qilindi
Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi fuqaro N.N. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakiliga murojaat qildi.
Ta’kidlanishicha, unga nisbatan tabiiy resurslarga egalik huquqini buzgani vaji bilan Kadastr agentligi Qibray tuman bo‘limi tomonidan 51 mln so‘m miqdorida jarima jazosi qo’llangan.

Hozirda ushbu hududga ga 25 tub har-xil turdagi mevali daraxtlar ekilgan. Yaʼni, fuqaro obodonlashtirish uchun ajratilgan yer maydonini devor bilan o‘rab olgan halos, u yerda qurilish ishlarini amalga oshirmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqaro N.N.ning jarima jazosini bekor qilish to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudiga daʼvo ariza kiritildi. Sud qaroriga ko‘ra fuqaro N.N.ga qo‘llanilgan 51 mln so‘m miqdordagi jarima jazosi bekor qilindi.