Donald Tramp xalqaro nashrlarga bergan intervyusida Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarga avvaldan qarshi bo‘lganini aytgan. Shuningdek, u sanksiya qo‘llash siyosatini xato deb taʼriflagan.
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp Bloomberg agentligiga bergan intervyusida sanksiyalar tarafdori emasligini aytdi.
“Men sanksiyalarni yoqtirmayman. Bunga avvaldan qarshi bo‘lganman”, degan Tramp amaldagi prezidentning Rossiyaga nisbatan tutgan yo‘liga munosabat bildirib.
Shu bilan birga, sobiq prezident Tayvanni Xitoyning ehtimoliy bosqinidan himoya qilish g‘oyasiga ham sovuqqon munosabatda ekanini bildirgan. Ukrainadagi maxsus operatsiya uchun Rossiyani “jazolash” qanchalik mantiqsiz bo‘lsa, Tayvan borasida Xitoyga raqib bo‘lish ham shu qadar maʼnosiz ekanini bildirgan.
“Sanksiya siyosati Oq uy mavqeyini tushirmoqda. Dunyo mamlakatlarining Vashingtonga nisbatan munosabati yomon tomonga o‘zgarmoqda”, degan prezidentlikka nomzod Tramp.
Eron masalasida esa Tramp yangi cheklovlar joriy etishi mumkinligini bildirgan. Rossiya va Xitoydan farqli ravishda Eronning AQSH manfaatlariga tahdidi jiddiy ekani aytilgan.