Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasi 9 bob, 56 moddadan iborat. Qonun loyihasi bilan Ombudsmanning institutsional asoslarini mustahkamlash maqsadida xalqaro tajribani o‘rgangan holda unda Ombudsman o‘z oldida turgan vazifalarini moneliksiz va samarali amalga oshirishi uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilanmoqda.
Yakunda ishchi guruh tomonidan qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun kiritishga kelishib olindi.