O‘zbekiston, Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Tashrif doirasida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot imzolanishi ikki tomonlama munosabatlarni yana-da yuqori darajaga olib chiqishga o‘zaro intilishdan dalolat bo‘lishi qayd etildi.

Strategik ahamiyatga ega mintaqaviy loyihalarni, jumladan, «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishini tez fursatda amalga oshirish masalalariga ustuvor eʼtibor qaratildi.

Prezidentlar hududlararo hamkorlikni, jumladan, Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi doirasida yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladilar.

Shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi, ekologiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.