Ma’lum bo’lishicha, ushbu bekat tuman hokimligi tomonidan 15-iyul kuni qurilgan. Hodisaga uning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan.
“Yuqoridagi holat oqibatida hech bir fuqaro va yo‘lovchiga zarar yetmagan bo‘lib, hozirda mas’ul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
2- va 5-avtobus saroyi tasarrufida bo‘lgan mazkur bekatda 11 dan ortiq avtobus yo‘nalishi harakatlanadi. Fuqarolardan xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda maxsus avtobus yo‘laklarida jamoat transportini kutishlari so‘raldi.