Dushanba va seshanba kunlari havo harorati +36…+39 daraja, janubiy va cho‘l zonasida +40…+41 darajagacha issiq bo‘ladi.
Chorshanbadan jumagacha issiqlik 2-3 darajagacha oshishi kutilmoqda: kunduzi havo +38…+41 darajagacha, janubiy va cho‘l zonasida +42…+43 darajagacha isishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.
Toshkentda 22—25-iyul kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Juma kuni havo harorati +39…+41 darajagacha ko‘tariladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!