Jamiyat

Navoiyda 53 nafar masʼul shaxs 180 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Navoiyda 53 nafar masʼul shaxs 180 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarning holati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, 23-yanvardan 22-iyulga qadar o‘tkazilgan o‘rganish davomida Uchquduq tumanida 10 nafar, Konimex tumanida 7 nafar, Navbahor tumanida 6 nafar, Karmana tumanida 5 nafar, Qiziltepa tumanida 5 nafar, Tomdi tumanida 5 nafar, Xatirchi tumanida 5 nafar, Zarafshon shahrida 4 nafar, Nurota tumanida 3 nafar, Navoiy shahrida 2 nafar, G‘ozg‘on shahrida 1 nafar masʼul shaxslar tomonidan hududlarda 2023-yil kuzi va 2024-yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga eʼtibor qilmaganligi, sug‘orilmaganligi, agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmagani aniqlandi.

Holat yuzasidan 53 nafar masʼul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 180 mln 200 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Ayni damda nafaqat Navoiy viloyati, balki butun respublika miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlar parvarishi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.