Hodisa

Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

Bugun, 2024-yil 27 iyul kuni soat 05:00 larda Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 247-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1983-yilda tug‘ilgan A.K. CAMC rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi sababli o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Isuzu hamda Howo rusumli yuk avtomobillari bilan to‘qnashgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib Mercedes-Benz Sprinter rusumli avtomobiliga borib urilgan.

YTH natijasida CAMC rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida CAMC rusumli yuk avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisi, 1995-yilda tug‘ilgan B.T. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.