Iqtisod, Jahon

Olimpiada medallarining qiymati qanchaga teng?

Olimpiada medallarining qiymati qanchaga teng?

Parij Olimpiadasi medallarining taxminiy bahosi hisoblab chiqildi. Bu haqda Saxo Group kompaniyasi xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Parijda taqdim etilayotgan oltin medalning narxi 935 АQSh dollarini tashkil qiladi. Medallarning narxi Tokio Olimpiadasi medalidan ancha qimmatroqqa baholangan.

Eng yuqori o‘sish oltin medalida bo‘lib, ushbu medal qiymati 763 dollardan 935 dollarga oshgan.

Kumush medal narxi ham 415 dollardan 473 dollarga oshgan. Bronza medalining qiymati esa 4,1 dollardan 3,9 dollarga arzonlagan.

Аniqlik kiritilishicha, oltin va kumush medallar narxining yuqorilashi metallarga bo‘lgan talabning oshishi bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasi 26-iyuldan 11-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.