Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi xitoy fuqarosi 29 yoshli N.Sh. IIOga murojaat qilib, bank plastik kartasidan jami 110.055.922 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi X.R. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, gumonlanuvchi X.R., jabrlanuvchi N.Sh. bilan telefon orqali tanishib, unga “Slick”dan qo‘ng‘iroq qilayotgani, bank plastik kartasiga kiberhujum bo‘layotganini aytib, uni aldab, bank plastik kartasi maʼlumotlarini qo‘lga kiritib, 110.055.922 so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgani maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!