Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universiteti dekanini korrupsiyada ayblab hibsga oldi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Maxsus xizmatlar ma’lumotiga ko‘ra, gumanitar-pedagogika fakulteti dekani U.I.S. davlat imtihonlarida yig‘inlar bilan muntazam shug‘ullangan. Avvalroq xuddi shu fakultetning dekan o‘rinbosari D.D. 2 oyga tergov izolyatoriga joylashtirilgandi. U Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 343-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushlangan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida dekan U.I.S.ning korrupsiya sxemasiga aloqadorligi aniqlangan. U ham Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Qo‘mita ta’lim tizimida korrupsiya va poraxo‘rlik holatlari haqida xabar berishga chaqirgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!