Germaniyaning Gyottingen shahrida bo‘lib o‘tgan nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan andijonlik o‘quvchi qizning ota-onasiga Makka shahriga – Umra ziyorati uchun yo‘llanma berildi. Bu haqda Toshkent shahridagi turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardan biri o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Rayyona Ibrohimovaning o‘ziga esa tashakkurnoma taqdim etilgan. Firma ma’muriyati ushbu xatti-harakatini «yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishni qasd qilgan va farzandlarini bilimli, ma’rifatli bo‘lishida erta-yu kech sabr va iroda bilan harakat qilgan ota-onani taqdirlash, rag‘batlantirish», deya izohlaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!