Iqtisod, Jamiyat

Toshkentda 20 ta yer usti piyodalar o‘tish joyi quriladi

Toshkentda 20 ta yer usti piyodalar o‘tish joyi quriladi

Toshkent shahrida 20 ta yer usti piyodalar o‘tish yo‘lagini qurish uchun 107,2 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarorida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, poytaxtda jami 25 ta shunday inshoot barpo etilishi reja qilingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 20 ta shunday inshoot qurish uchun 107 mlrd 258 mln 003 ming so‘m pul sarflanishi talab etiladi.

Qurilish ishlarini boshlash uchun esa 53,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Shu bilan birga, SSTISM Sebzor suv havzasida basseyn suvi hamda yuvinish xonalarini issiq suv bilan uzluksiz ta’minlash uchun muqobil qozonxona quriladi va unga 600 mln so‘m ajratiladi.

Ushbu xarajatlar mahalliy byudjetning 2024-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan taqsimlanadi.