O‘zbekiston hukumati tarafidan Qorabog‘ning Fuzuliy shahrida qurib bitkazilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-umumta’lim maktabini tamomlaganlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning aprel oyida O‘zbekiston ishg‘oldan ozod etilgan Qorabog‘da tuhfa sifatida maktab qurib bergan edi. Qorabog‘dagi Mirzo Ulug‘bek maktabini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev ochib bergan edi.
“Maktabni bitirgan ozarbayjonlik farzandlarimiz kelajakda Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab attestatini ko‘tarib yurishidan juda xursandman. Bu maktabni bitirgan bolalar bizning ham farzandlarimiz sanaladi. Shuning uchun ular O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi”, degan Qo‘ng‘irotboy Sharipov.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!