Andijon tumanida yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigiga urilib, YTH sodir qildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH bugun, soat 4:00larda sodir bo‘lgan. 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. HOWO yuk mashinasini 4R-116 avtomobil yo‘lining Andijon tumani “Sanoat” MFY hududidan o‘tgan qismida boshqarib borayotib, uxlab qolgan. Buning oqibatida yuk mashina temiryo‘l ko‘prigi ustuniga borib urilgan.
YTH oqibatida yuk mashinasi hamda temiryo‘l ko‘prigiga zarar yetgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!