Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida Nexia-2 rusumli davlat raqam belgisisiz avtomashinada bir guruh shaxslar tomonidan bir nafar fuqaroni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida “samosud” qilingani tasvirlangan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahar “Temiryo‘lchi” mahallasida yashovchi fuqaro S. tanishi A.dan qarz olib, pulini qaytarmasdan kelgan. Natijada qarz bergan fuqaro iyun oyi o‘rtalarida ikki nafar tanishi bilan fuqaro S.ni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida uni kaltaklagan va holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!