Hokimiyatning qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari yer olib berish masalasida pora talab qildi.
DXX xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tumani hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari chorvachilik yo‘nalishida foydalanish maqsadida fuqaroga tuman hokimligi zaxirasidagi 25 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!