Ergashev Sardorbek Kadirovich Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.
U faoliyati davomida Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Mansurov Ahror Ahmadaliyevich Namangan viloyatining Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlandi.
Asronkulov Elyorbek Madaminovich Farg‘ona viloyatining Furqat tumani hokimi etib tayinlandi.
Bunga qadar u Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!