Jahon

Yahyo Sinvar HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylandi 

Yahyo Sinvar HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylandi 

HAMAS harakatining Gʻazo sektoridagi rahbari Yahyo Sinvar Eronda oʻldirilgan Ismoil Haniya oʻrniga tashkilot Siyosiy byurosi raisi etib tayinlandi.

«HAMAS marhum rahbari Ismoil Haniyaning oʻrniga qoʻmondon Yahyo Sinvar harakatning siyosiy byurosi rahbari etib saylanganini e’lon qiladi», deyiladi HAMASning Telegram sahifasida qilgan yozma bayonotda.

HAMAS 3-avgust kuni qilgan bayonotida oʻldirilgan Siyosiy byuro rahbari oʻrniga yangi rahbarni aniqlash boʻyicha maslahatlashuvlar boshlanganini maʻʻlum qilgandi.

Ismoil Haniya 31-iyul kuni Eron poytaxti Tehronda oʻldirilgan.

Yahyo Sinvar kim?

61 yoshli Yahyo Sinvar Gʻazo janubidagi Xon Yunusda tugʻilgan. 1980-yillarda Gʻazo islom universitetida islomiy ilmlarni oʻrgangan.

Bu davrda “Al-Majid” nomli islomiy yoshlar tashkilotini tuzdi. Tashkilot asosan isroilga sotqinlik qilgan falastinliklarni fosh etishni maqsad qilgan. 1987-yilda HAMAS tashkil etilishi bilan “Al-Majid” ham HAMASning bir qismiga aylandi.

Sinvar 1988-yilda hibsga olingan. 22 yillik qamoqdan soʻng 2011-yilda oʻgʻirlab ketilgan isroillik askar Gilad Shalit evaziga qoʻyib yuborildi.

U isroilda eng koʻp qidirilayotganlar roʻyxatida. Isroil uning joylashgan oʻrnini ma’lum qilganga 400 ming dollar berishini e’lon qilgan.

Sinvar 7-oktyabr kuni «Aqso toʻfoni» operatsiyasini rejalashtirganlardan biri.

Gʻazo boshqaruvi rahbari hamda u yerdagi tunnellarni boshqargani uchun falastinliklar uni «Yuqori aql» va «Sharpalar rahbari» deb atashadi. Yahudiylar esa koʻplab hujum va suiqasdlarda omon qolgani uchun «Toʻqqiz jonli» deb atashadi. Moʻtadillikdan uzoq, keskin, qattiq va murosasiz.

Sinvar haqida Isroil harbiylarining munosabati qanday?

isroil zobiti:

“Biz Haniyani oʻldirib xato qildik, Sinvarni HAMASga bosh qildik.

Sionist tahlilchi Avi Issacharoff:

“HAMAS boshqaruv uchun eng xavfli odamni tanladi”.

Isroil razvedkasidan sobiq ofitser Maykl Milshteyn:

“HAMASdan eng koʻp tushuna olmaganimiz Yahyo Sinvar edi. U har doim eng katta aldovlarda muvaffaqiyat qozongan ayyor, juda makkor edi”.

HAMASning rasmiy bayonotiga koʻra, tashkilot siyosiy rahbarligiga Gʻazo ichida sionistlar dodini berayotgan qoʻmondon Yahyo Sinvar bir ovozdan saylangan”.